AI bilan marketing — biznesingiz uchun to'liq qo'llanma
Marketing — biznesning yuragi. Lekin reklama agentligi xizmati har oy millionlab so'm turadi. Salom AI sizga marketolog vazifasini bajaradigan vosita — reklama matni, kontent reja, mijoz portreti, raqobatchi tahlili — barchasini bir joyda.
1. Mijoz portreti (buyer persona)
Kimga sotyapsiz? Aniq mijoz portretisiz reklama befoyda.
"Toshkentdagi 25-35 yoshli ofis xodimlari uchun sog'lom ovqat yetkazib berish xizmati mijoz portretini chiqar. Yoshi, daromadi, kunlik ish tartibi, qayg'urishlari, qanday yetkazib berishni xohlashi. 3 ta turli persona ber."
2. Reklama matni (ad copy)
Instagram, Facebook, Telegram reklamalari uchun matn:
"Onlayn ingliz tili kursi uchun Instagram reklama matni yoz. Hook (birinchi gap kuchli), foydalari (3 ta), narx, harakatga chaqiruv. 100 so'zdan ko'p bo'lmasin. Emoji ishlatma."
3. Kontent reja (30 kun)
"Online IT kurs biznesi uchun 30 kunlik Instagram kontent reja yoz. Har kun: post mavzusi, format (carousel/reels/oddiy), maqsad (jalb qilish/ishonch/sotish), CTA. Jadval shaklida."
4. Raqobatchi tahlili
"O'zbekistondagi Uzum Market va Olcha online do'konlarini solishtir. Narx, yetkazib berish, sayt UX, sotuv kanallari, kuchli/zaif tomonlari. Bizning yangi do'konimiz qaysi nishani egallashi mumkin?"
5. SEO matni
"'Toshkentda eng yaxshi shifokorlar' kalit so'zi uchun 1500 so'zli blog post yoz. H1, H2, H3 sarlavhalar. Tabiiy ravishda kalit so'zlarni joylashtir. Maslahatlar bilan birga professional uslub."
6. Email marketing
"Online kursimizga ro'yxatdan o'tgan, lekin sotib olmagan mijozlarga 5 ta email seriyasi yoz. 1-email — tanishuv, 2 — muammo, 3 — yechim, 4 — ijtimoiy isbot, 5 — chegirma. O'zbek tilida."
7. Reklama natijalari tahlili
"Instagram reklamasi natijasi: 50000 ko'rsatish, 800 click (CTR 1.6%), 30 so'rov, 5 sotuv. Byudjet — 1.5 mln. Bu natija yaxshi yoki yomon? Qanday yaxshilash mumkin? Aniq tavsiyalar."
8. Brend ovozi (tone of voice)
"Yoshlar uchun banking ilovasi brend ovozini aniqla. So'zlash uslubi, qaysi so'zlar ishlatiladi/ishlatilmaydi, qaysi emoji'lar mos. 5 ta misol post."
💡 Maslahat: AI yozgan reklama matnini har doim 2 variantda yarating va A/B test qiling.